Выберите язык

NUQSONLI TELEFON UCHUN TO‘LANGAN PUL QAYTARILDI

Kosonsoy tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda 2025-yil 16-aprel kuni xarid qilingan “Infinix Smart 8 Pro” rusumli mobil telefonda texnik nosozlik aniqlangani sababli amaliy yordam so‘ralgan.

Mazkur murojaat mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, tomonlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘rganish yakuniga ko‘ra, telefon apparati uchun to‘langan
1 300 000 so‘m pul mablag‘i iste’molchiga to‘liq qaytarib berildi.

Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasining
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 13 va 18-moddalariga asosan iste’molchi foydasiga hal etildi.

Natijada iste’molchining qonuniy huquqlari tiklandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening