Выберите язык

AMALIY YORDAM — E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIK IFODASI

Chust tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Federatsiya raisi hamda hududiy birlashma raisining tegishli topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida aholi, ayniqsa imkoniyati cheklangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, tumandagi 23-umumta’lim maktabida yakka tartibda ta’lim oluvchi o‘quvchi I. Xayitboyevning nogironlik aravachasiga ehtiyoji borligi o‘rganishlar davomida aniqlandi.

Shundan so‘ng, Chust tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi A. Ne’matullin hamda O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Chust tuman bo‘limi raisi Z. Vohidov hamkorligida o‘quvchiga nogironlik aravachasi topshirildi.

Mazkur xayrli tashabbus o‘quvchining ta’lim olishi va kundalik harakatlanishi uchun yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening