Выберите язык

   Qiziltepa tumanida yashovchi fuqaro C. Ashurova tuman markazida joylashgan dorixonalarning biridan jami 1 357 000 so‘mlik dori-darmon vositalarini xarid qilgan. Biroq xarid qilingan dori vositalari shifokor tomonidan yozib berilgan retseptdagi dori vositalari emasligi, uning o‘rniga boshqa turdagi o‘xshash dori-darmonlar berilganidan norozi bo‘lib, Qiziltepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
  Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan tezkor tartibda o‘rganilib, holat yuzasidan dorixona mas’ullari bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada iste’molchiga shifokor tavsiya etgan hamda retseptda ko‘rsatilgan dori vositalari almashtirib berildi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amaliy yordam ko‘rsatishda davom etmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening