Выберите язык

Chust tumanida davra suhbati o`tkazildi 

Chust tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 2-sonli texnikumda davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchilar va pedagog xodimlar ishtirok etib, sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilarga iste’molchilarning asosiy huquqlari, sifatli mahsulot va xizmatlardan foydalanish hamda muammoli holatlarda murojaat qilish tartibi haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, amaliy misollar asosida uchraydigan vaziyatlar muhokama qilinib, ularni qonunchilik asosida hal etish yo‘llari tushuntirildi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tib, qatnashchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Mazkur davra suhbati ishtirokchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening