Выберите язык

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida ijobiy natijaga erishildi.

Xususan, Termiz tumani “Yangi hayot” MFY, “Taraqqiyot” ko‘chasi 12-uyda yashovchi fuqaro A.N. tomonidan Termiz tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Murojaat asosida Jamiyat mutaxassislari tomonidan Angor tumanida faoliyat yuritayotgan eshik va rom yasash ustaxonasi bilan fuqaro tomonidan taqdim etilgan telefon raqami orqali bog‘lanildi. Olib borilgan muloqot va muzokaralar natijasida, ustaxona mutaxassislari mazkur Fuqaroning murojaatiga binoan, umumiy qiymati 1 360 000 so‘mli eshik va romlarni o‘rnatib berganliklarini ma’lum qilishdi.

Ta’kidlash joizki, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Fuqarolarning murojaatlari doimiy nazoratda bo‘lib, ularni ijobiy hal etish choralarini ko‘rish jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.