Выберите язык

Chust tumanida insholar tanlovi va o‘quv seminari o‘tkazildi

Chust tuman jamiyati tomonidan 2026-yil 13-mart kuni tumandagi 75-sonli maktab majlislar zalida “15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan keng qamrovli tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida tumandagi 76 ta maktabning 9–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Men yosh iste’molchiman” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov yoshlarning iste’mol madaniyati va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratildi.

Shuningdek, 58 ta maktabning ma’naviyat bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda tanlovda ishtirok etgan o‘quvchi-yoshlar ishtirokida o‘quv seminari tashkil etilib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida ochiq muloqot o‘tkazilib, ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi hamda ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar bildirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening