Выберите язык

Yangiqo‘rg‘on tumanida seminar o‘tkazildi

Yangiqo‘rg‘on tumani TTBga qarashli Nanay hududiy bo‘limida 15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan ishchi-xodimlar ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur tadbirda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi, sohada amal qilinayotgan qonunchilik hujjatlari hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilarga, ayniqsa, tibbiyot xizmatlaridan foydalanishda iste’molchi sifatidagi huquqlar va ularni himoya qilish usullari keng yoritib berildi.

Seminar davomida xizmat ko‘rsatish sifati, xodimlarning mas’uliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan savol-javoblar o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi hamda kelgusida hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha muhim jihatlar belgilab olindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening