Выберите язык

Norin tumanida davra suhbati o‘tkazildi

Norin tumani TTB terapiya bo‘limida 15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid amaldagi qonunchilik, tibbiyot xizmatlaridan foydalanishda iste’molchi sifatidagi huquqlar hamda murojaatlar bilan ishlash tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, uchrashuv jarayonida xizmat ko‘rsatish sifati, bemorlar bilan muomala madaniyati hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning savollariga javoblar berildi va amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening