Выберите язык

Davlatobod tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbir tuman aholisi, yoshlar hamda turli soha vakillarining huquqiy bilimlarini oshirish, iste’molchilar huquqlarini keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazildi.

Davra suhbatida ishtirokchilarga iste’molchilarning asosiy huquqlari, ularni himoya qilish mexanizmlari, amaliy hayotda uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, fuqarolarga o‘z huquqlarini himoya qilishda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining faoliyati hamda 1091 qisqa ishonch telefoni orqali murojaat qilish tartibi haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan aniq va huquqiy asoslangan javoblar oldilar.

Bunday davra suhbatlari aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 
 
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening