Выберите язык

     Joriy yilning 20 fevral kuni Zarafshon shahar 12-kichik tumanda yashovchi fuqaro E.D Zarafshon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ariza bilan murojaat qildi.

    Fuqaro o‘z arizasida shunday ma’lumotlarni keltirgan: Zarafshon shahrida ko‘p qavatli turar joylarni qurayotgan bir qurilish firmasidan uy sotib olgan va 87 000 000 so‘mni oyma-oy to‘lab borgan. Biroq, uy sifati past bo‘lishi va shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda topshirilmasligi sababli, fuqaroga to‘langan mablag‘ni qaytarib olish zarurati tug‘ilgan.

   Jamiyat mutasaddilari tomonidan o‘rganishlar olib borildi va murojaatda keltirilgan muammolar o‘z isbotini topdi. Qurilish firmasi rahbariyati va mutasaddi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining tegishli moddalari tushuntirildi.

  Natijada, qurilish firmasi fuqaroga uy uchun to‘langan 87 000 000 so‘mni to‘liq qaytarib berdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening