Выберите язык

⚡️ Dehqonobod tumanida 22 000 000 so'mlik yaroqsiz darvoza yangi yaroqlisiga almashtirib berildi 

Savdo munosabatlarida ko‘p hollarda iste’molchilar va ta’minotchilar og‘zaki kelishuvlarga tayanishadi. Qonunchilikda esa og‘zaki bitim ham, yozma bitim singari, bir xil huquqiy kuchga ega ekani belgilab qo‘yilgan. Shunga qaramay, ayrim hollarda bunday kelishuvlar iste’molchilar manfaatiga zid holatlarni keltirib chiqaradi. 

Maʼlum boʻlishicha, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro B.J Qarshi shaharda joylashgan "Darvoza Lazer" darvoza yasaydigan ustaxona xodimi bilan 22 000 000 so'mga darvoza  xarid qilishga kelishib olingan. Oradan hech qancha vaqt o'tmay, darvoza yaroqsiz holga kelib qolgan.

Shundan so'ng, fuqaro Dehqonobod tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.Tuman jamiyati xodimlari aralashuvi natijasida muammo o‘rganilib, sabablar bartaraf etilib, 22 000 000 so'mga xarid qilingan yaroqsiz darvoza yangi yaroqlisiga almashtirib berildi.

✅ Mazkur holat shundan dalolat beradiki, iste’molchilar o‘z huquqlarini bilishlari va ularni himoya qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘ymasliklari zarur. Agar tovar yoki xizmat ko‘rsatuvchi shartnoma shartlarini bajarmasa, har bir fuqaro qonun asosida o‘z manfaatlarini himoya qila oladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening