O'zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefon raqami orqali J.A dan Qibray tumanida joylashgan “Mirano mebel” xususiy korxonasi faoliyati yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda iste’molchi 2025-yil sentyabr oyida mazkur korxona vakili, Sanjar ismli mebel ustasiga 2 ta oshxona mebeli hamda 13 ta eshikni sifatli tayyorlab, to‘liq o‘rnatib berish sharti bilan buyurtma bergani, ushbu ishlar uchun 2025-yil 27-sentabrdan 2026-yil 5-martgacha bo‘lgan davrda jami 16 100 AQSH dollari miqdorida to‘lov amalga oshirilgani, biroq buyurtma to‘liq bajarilmagani sababli norozi ekanligi bildirilgan.
Holat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar davomida iste’molchi tomonidan bildirilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topdi, ya’ni Sanjar mebelchi tomonidan buyurtma ishlar to‘liq yakunlanmagani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari asosida tushuntirish berildi hamda nizoni kelishuv yo‘li bilan hal etish choralari ko‘rildi.
Natijada Sanjar mebelchi tomonidan yetkazib berilmagan ishlar bo‘yicha qarzdorlikni 4 oy muddat ichida, har oyning 15 sanasida 12 500 000 so‘mdan, jami 50 000 000 so‘m miqdorida bosqichma-bosqich qoplab berish bo‘yicha yozma kafolat (tushunish xati) taqdim etildi.
Iste’molchi esa mazkur kelishuvdan qoniqish hosil qilib, nizoning ijobiy hal etilganini tasdiqlovchi minnatdorchilik xatini taqdim etdi.
Toshkent viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi iste’molchilarning huquqlari qonuniy asosda himoya qilinishini davom ettiradi.
Mebel xizmatlari bo‘yicha murojaat o‘rganildi
- Информация о материале
- Автор: Toshkent viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 13
























