Выберите язык

📍 Boysun tumanining “Shorsoy” mahallasida yashovchi fuqaro H. Rning murojaati o‘rganib chiqildi.

🛒 Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro 2026-yil 30-mart kuni “At-Termiziy” ko‘chasida joylashgan savdo do‘konidan 3 800 000 so‘mga mini bolalar mashinasini xarid qilgan.

⚠️ Mahsulot sifatsiz chiqqani sababli uni qaytarish bo‘yicha qilgan murojaati do‘kon xodimlari tomonidan e’tiborsiz qoldirilgan.

🔍 O‘rganish natijasida fuqaro mahsulotni sifatlisiga almashtirish yoki to‘langan pul mablag‘ini qaytarib olish huquqiga ega ekani tushuntirildi.

📖 Shuningdek, do‘kon xodimiga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablari hamda iste’molchining haq-huquqlari yuzasidan tegishli tushuntirish berildi.

🛡 Iste’molchi huquqlari — qonun himoyasida!

📞 Ishonch telefoni: 1091

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening