⚡️Dehqonobod tumanida isteʼmolchi murojaati asosida nosoz qoʻl telefoni yangi yaroqlisiga almashtirib berildi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 ishonch raqami orqali qator mazmundagi murojaatlar va sohaga dahldor murojaatlar kelib tushmoqda . Shular jumlasidan, maishiy texnika va uyali aloqa vositalari bilan bogʻliq murojaatlarni ham eʼtirof etish mumkin.
📍Qashqadaryo viloyati
Maʼlum boʻlishicha, Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro Meyliyeva Mavjuda Roʻzimurod qizi tuman markazida joylashgan savdo doʻkondan 1 550 000 soʻm naqd pul evaziga qoʻl telefonini xarid qilgan.
Oradan hech qancha vaqt oʻtmay turib, telefon nosoz holga kelib qolgan. Boʻlib oʻtgan vaziyatni tushuntirish maqsadida fuqaro savdo doʻkoni xodimi va rahbariga murojaat qilib borganida doʻkon masʼullari tinglashni ham istamay fuqaroga bepisandlik qilishgan.
Mazkur voqelikdan koʻngli toʻlmagan fuqaro Dehqonobod tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.
Jamiyat xodimlari tomonidan isteʼmolchi va doʻkon xodimlari bilan yuzma-yuz suhbat olib borilib, 1 550 000 soʻm naqd pul evaziga xarid qilingan yaroqsiz qoʻl telefonini doʻkon xodimlari tomonidan yangi yaroqlisiga almashtirib berildi.
✅ Ushbu holat yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, agar har bir fuqaro o‘z qonuniy huquqlarini bilsa va zarurat tug‘ilganda tegishli tashkilotlarga murojaat etsa, istalgan muammo qonuniy tartibda hal etilishi mumkin.
























