Выберите язык

   2026-yil 6-iyul kuni O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi boshchiligida Nurota tumanining eng olis hududlaridan biri bo‘lgan Temirqovuq qishlog‘ida jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
  O‘rganishlar davomida qishloqdagi sog‘liqni saqlash hamda oilaviy shifokor punktlarida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy jihozlar, dori vositalari ta’minoti, sanitariya-gigiyena holati hamda fuqarolar murojaatlariga munosabat masalalari atroflicha ko‘zdan kechirildi.
  Shuningdek, tibbiyot muassasalariga tashrif buyurgan fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning tibbiy xizmatlardan foydalanish jarayonidagi fikr va takliflari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Mazkur jamoatchilik nazorati tadbiri aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash hamda sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening