Выберите язык

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida iste'molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ularning murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish hamda buzilgan huquqlarini tiklash borasida tizimli ishlar amalga oshirildi.

Hisobot davrida hududiy birlashma va uning shahar-tuman jamiyatlariga 966 ta murojaat kelib tushdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholining o‘z huquqlarini himoya qilish madaniyati yuksalayotgani hamda Federatsiyaga bo‘lgan ishonch ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Kelib tushgan murojaatlarning 390 tasi yozma, 576 tasi og‘zaki murojaatlardan iborat bo‘lib, og‘zaki murojaatlar umumiy murojaatlarning qariyb 60 foizini tashkil qildi. Bu esa fuqarolar masalani ortiqcha vaqt yo‘qotmasdan joyida hal qilishga intilayotganini anglatadi.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, iste'molchilarni eng ko‘p qiynayotgan masalalar kommunal xo‘jalik va energiya ta'minoti bilan bog‘liq.

Jumladan:

•    kommunal xo‘jalik– 196 ta murojaat; 
•    gaz ta'minoti – 195 ta; 
•    savdo sohasi – 194 ta; 
•    suv ta'minoti – 81 ta; 
•    maishiy xizmat (servis) – 55 ta; 
•    elektr ta'minoti – 56 ta; 
•    aloqa va internet – 21 ta; 
•    sog‘liqni saqlash – 8 ta; 
•    transport sohasi – 3 ta;
•    boshqa sohalar – 157 ta.

Ushbu raqamlar kommunal xo‘jalik, ya'ni uy-joy mulkdorlari shirkatlari, boshqaruv servis kompaniyalari xizmatlari, tabiiy gaz ta'minoti va savdo munosabatlari bo‘yicha muammolar hanuz eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Savdo sohasidagi 194 ta murojaatning tarkibiy tahliliga ko‘ra, ularning:


•    78 tasini – xarid qilingan maishiy texnika bilan bog‘liq muammolar tashkil qilgan bo‘lsa; 
•    14 tasini - dori vositalari; 
•    9 tasini oziq-ovqat mahsulotlari savdosi;
•    qolgan 93 tasi esa savdo bilan bog‘liq boshqa masalalardan iborat bo‘lgan. 

Bu ko‘rsatkichlar iste'molchilarning asosan qimmatbaho texnika vositalari, kafolat majburiyatlari, tovarni almashtirish yoki qaytarish hamda sotuvdan keyingi xizmatlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotganini ko‘rsatadi.

Hududlar kesimida eng ko‘p murojaatlar:


•    Marg‘ilon shahri – 168 ta; 
•    Qo‘shtepa tumani – 78 ta; 
•    Farg‘ona shahri – 72 ta; 
•    Buvayda tumani – 64 ta; 
•    Qo‘qon shahri – 59 ta; 
•    Oltiariq tumani – 57 ta; 
•   Yozyovon tumani – 54 ta. 

Bu hududlarda aholi sonining ko‘pligi bilan bir qatorda kommunal xizmatlar, savdo va shartnomaviy munosabatlarga oid nizolar ham ko‘proq uchrayotganini anglatadi.

Hisobot davrida kelib tushgan 966 ta murojaatning 932 tasi, ya'ni 96,5 foizi ijobiy hal etildi.

Natijada iste'molchilar foydasiga jami 1 milliard 297 million 712 ming 744 so‘m miqdorida mablag‘ undirildi yoki qaytarildi.
Hisobot davrida iste'molchilar huquqlarini sud tartibida himoya qilish ishlariga alohida e'tibor qaratildi.

Ixtiyoriy tartibda hal etilmagan nizolar yuzasidan sudlarga 81 ta  da'vo arizasi kiritildi.

Sud qarorlari asosida iste'molchilar foydasiga 28 million 608 ming 858 so‘m miqdorida moddiy va ma'naviy zarar undirildi.

Ayniqsa, sudga kiritilgan da'vo arizalarning asosiy qismi Marg‘ilon shahri hissasiga to‘g‘ri kelgani mazkur hududda huquqiy yordamga bo‘lgan talab yuqoriligini ko‘rsatadi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, murojaatlarning qariyb 60 foizi kommunal xizmatlar, gaz ta'minoti va savdo sohasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Bu sohalarda raqobat muhitini kuchaytirish, xizmat ko‘rsatish sifati ustidan jamoatchilik nazoratini kengaytirish hamda tadbirkorlik sub'ektlari va kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning mas'uliyatini oshirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Shu bilan birga, 96,5 foiz murojaatlarning ijobiy hal etilgani Federatsiya tizimi samaradorligini tasdiqlasa, sudlar orqali iste'molchilar manfaatiga undirilgan mablag‘lar huquqiy himoya mexanizmlarining amaliy natija berayotganini ko‘rsatadi.

Brifing spikeri: Shaxlo Kasimova - hududiy birlashma mutaxassisi.

 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening