Выберите язык

   2026-yil 6-iyul kuni O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyati hududiy birlashmasining 2026-yil 18-iyundagi 03-01/37-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan Nurota tumani hududida faoliyat yuritayotgan mehmonxonalarda jamoat nazorati tartibida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
   O‘rganishlar davomida mehmonxonalarda iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, sanitariya-gigiyena holati, narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligi, xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishi hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablarining bajarilishi o‘rganilmoqda.
  Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, iste’molchilarga sifatli va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur jamoat nazorati tadbirlari iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, xizmatlar sifatini oshirish hamda mehmonxonalarda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening