Выберите язык

⚡️ Dehqonobod tumanida nosoz suv sovutgichi yangisiga almashtirildi

Yozning jazirama kunlarida suv sovutgichi xonadonlarda eng zarur maishiy texnikalardan biri hisoblanadi. 

Shu sababli iste’molchi xarid qilgan mahsulotning sifatli, ishonchli va uzoq muddat xizmat qilishini kutadi. 

Agar mahsulot qisqa muddat ichida nosoz holatga kelsa, iste’molchi uni ta’mirlash, almashtirish yoki qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z huquqlarini himoya qilishga haqlidir.

📍 Qashqadaryo viloyati

Ma'lumotda bayon etilishicha, Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro N.H. tuman markazida joylashgan savdo majmuasidan  1 300 000 so‘m naqd pul evaziga suv sovutgichini xarid qilgan. Oradan hech qancha vaqt o'tmay turib, apparat yaroqsiz holga kelib qolgan.

Iste'molchi  ushbu holatdan norozi bo‘lib, Dehqonobod tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam so'rab murojaat qilgan. 

 Jamiyat xodimlari masalani  qonun doirasida o‘rganib, savdo do‘koni  xodimlari bilan o'rganish ishlari olib borildi. 

Natijada, suv sovutgichi zavod tomonidan sifatsiz ishlab chiqarilgani aniqlanib, do‘konga qaytarib topshirildi va o‘rniga yangi yaroqli sovutgich almashtirib berildi. Fuqaro o‘z minnatdorligini bildirgan.

✅ Mazkur murojaat Dehqonobod tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining amaliy ko‘magi bilan ijobiy hal etilib, iste’molchiga nosoz mahsulot o‘rniga yangi va yaroqli suv sovutgichga almashtirib berildi.

Bu kabi holatlar iste’molchilar o‘z huquqlarini bilishi va muammo yuzaga kelganda mas’ul tashkilotlarga murojaat qilishi muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening