Выберите язык

Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi fuqaro R.B. Urganch shahrida joylashgan savdo do‘konidan 19 000 000 (o‘n to‘qqiz million) so‘m qiymatidagi uch g‘ildirakli elektr mototsiklni muddatli to‘lov asosida xarid qilgan.

Keyinchalik iste'molchi shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni muddatidan oldin amalga oshirish istagini bildirgan. Biroq, muddatidan oldin to‘lovni amalga oshirish jarayonida foizlar yuqori miqdorda hisoblanganidan norozi bo‘lib, Urganch shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki ravishda murojaat qildi.

Murojaat mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli tartibda ishlar olib borildi. Natijada iste'molchining murojaati ijobiy hal etildi.

Urganch shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati iste'molchilarning shartnoma munosabatlaridagi qonuniy manfaatlarini himoya qilish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening