Выберите язык

Dehqonobod tumanida salkam 5 millon so‘mlik  nosoz "Redmi" telefoni yangisiga almashtirildi

Bugungi kunda iste’molchilarga sifatli va xavfsiz mahsulotlarni taqdim etish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash muhim vazifalardan biridir. 

Xarid qilingan mahsulotda nuqson aniqlangan taqdirda esa iste’molchining murojaati o‘z vaqtida va qonuniy tartibda ko‘rib chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma'lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani  yashovchi fuqaro S.X  "ALIF SHOP"  xodimlari xizmatidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.

Murojaat o‘rganilganda, fuqaro buyurtma orqali 4 700 000 so‘mga “Redmi Note 15 Pro” rusumli mobil telefon xarid qilgani ma’lum bo‘ldi.

Telefon bo‘yicha yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish uchun zarur ehtiyot qismlar mavjud emasligi sababli qurilmani ta’mirlash imkoniyati bo‘lmagan.

Dehqonobod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan olib borilgan o‘rganish va tegishli ishlar natijasida iste’molchiga aynan shu rusumdagi yangi telefon apparati olib berildi.

Mazkur holat iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish hamda muammolarni amaliy yechim bilan yakunlash muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Iste’molchi huquqingiz buzilgan holatlarda 1091 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening