Выберите язык

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga 17-avgust kuni Federatsiyaning ishonch telefoni orqali Andijon viloyati Izboskan tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro V.M. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda iste’molchi Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan “Euphoria Group” MChJdan 12-avgust kuni 1 200 000 so‘m evaziga 2 dona maz hamda 3 quti dori vositasini xarid qilganini ma’lum qilgan. Biroq xarid jarayonida mahsulot tarkibi bo‘yicha berilgan ma’lumotlar dori vositalari ichidagi yo‘riqnomada ko‘rsatilgan tarkib bilan mos kelmaganligi aniqlangan. Shundan so‘ng iste’molchi 13-avgust kuni sotuvchi tashkilotga murojaat qilib, xarid qilingan mahsulotlarni qaytarish hamda to‘langan mablag‘ni qaytarib berishni so‘ragan.
Ammo iste’molchining murojaati o‘z vaqtida qanoatlantirilmaganligi sababli u o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilgan.
Mazkur murojaat Yunusobod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida iste’molchi va tadbirkorlik subyekti o‘rtasidagi holat yuzasidan zarur hujjatlar tahlil qilinib, tomonlar bilan tushuntirish ishlari hamda muzokaralar olib borildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida iste’molchining qonuniy talablari qanoatlantirildi va xarid uchun to‘langan 1 200 000 so‘m mablag‘ to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda iste’molchilar va tadbirkorlar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni qonunchilik asosida hal etish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening