Выберите язык

Mirishkor tumanida 9 million so'mlik nosoz muzlatgich yangi yaroqlisiga almashtirib berildi

Muzlatgich zamonaviy oila hayotida oziq-ovqatlarni saqlash va kundalik qulaylikni ta’minlashda eng muhim maishiy texnikalardan biri hisoblanadi.

Uni xarid qilganda sifat, ishonchlilik va kafolat muddati davomida servis xizmati to‘liq ta’minlanishi kerak. 

Biroq ba’zida yangi sotib olingan texnika uyga olib kelingan zahoti nosoz chiqib, do‘kon tomonidan muammo uzoq vaqt bartaraf etilmasligi mumkin. 

Bunday holatlarda iste’molchi o‘z huquqlarini bilishi va ularni himoya qilishi muhimdir.

Murojaatda aks etishicha, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi fuqaro N.Z. Qarshi shahrida joylashgan "Ziffler" maishiy texnikalar do‘konidan 9 000 000 so'mga “Ziffler” rusumli muzlatgich xarid qilgan.

Uyga olib kelganda muzlatgich nosoz ekanligi aniqlangan. Fuqaro do‘kon ma’muriyatiga murojaat qilgan, ammo oradan 1 oy o‘tganiga qaramay muammo bartaraf etilmagan.

Bu holatdan norozi bo‘lgan iste’molchi Mirishkor tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Tuman jamiyati mutaxassislari masalani yetarlicha o‘rganib, do‘kon mas’ullariga qonun talablarini tushuntirishdi.

Natijada, nosoz muzlatgich yangi yaroqli muzlatgichga almashtirib berildi va murojaat ijobiy yakun topdi.

Har bir iste’molchi sifatli mahsulot olish va nosoz texnikani almashtirish yoki ta’mirlash huquqiga ega. 

Agar xarid qilingan maishiy texnika nosoz chiqsa va do‘kon uzoq vaqt yechim bermasa, o‘z huquqlaringizni himoya qilishdan tortinmang.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening