Выберите язык

Isteʼmolchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarining qo‘llanilishi – hozirgi kunda ahamiyatli masalalardan biri. Shu yo‘nalishda Beruniy tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan fuqarolarning shikoyatlari o‘rganilib, amaliy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Atap aytqanda, Beruniy tumani «Yangiobod» MFYda yashovchi fuqaro M.Turimbetov Beruniy tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat etgan. Murojaatda keltirilishicha, u Beruniy tumanidagi «I» texnika do‘konidan Premier markali 65 dyuymli televizor sotib olgan. Biroq, oradan ko‘p vaqt o‘tmay televizorda nosozlik kelib chiqqan, do‘kon maʼmuriyatiga aytilishiga qaramasdan 1.5 oy davomida televizor olib kelinmagan, yaki uning puli qaytarib berilmagan.

Ushbu murojaat bo‘yicha isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunining talablariga tayangan holda, do‘kon maʼmuriyati va servis xizmati bilan bog‘langan holda masala o‘rganildi. Natijada, isteʼmolchining buzilgan huquqlari tiklanib, televizor Toshkent shahridagi servis markaziga yuborilgani va ko‘rsatilgan muddatda tuzatilib yaki yangisiga almashtirib berilishi taʼminlandi.

Shunday amaliy ishlar orqali fuqarolarning o‘z huquqlariga degan ishonchi ortib, tadbirkorlar va xizmat ko‘rsatish o‘rinlari ham o‘z majburiyatini vaqtida bajarishga intilmoqda. Isteʼmolchilar qanday da bir masalaga yamasa huquqlari buzilish holatlariga duch kelsa tegishli jamiyatlarga murojaat etish orqali o‘z huquqlarini qonuniy tarzda himoya qilishi mumkin.

Siz de o‘z faoliyatingizda yamasa turmushingizda shunday huquqiy yordamlarga muhtoj bo‘ldingizmi?
Kommentariyada yozib qoldiring

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening