Выберите язык

⚡️ Dehqonobod tumanida zamonaviy gaz plitasi bilan bog’liq muammo bartaraf etildi

Yaqin yuz yillikda uy bekalari oshxonalarini gaz plitalarisiz tasavvur eta olishmaydi. Elektr quvvati va quvvatlagichlar bilan ishlaydigan gaz plita turlarini ham ichki bozorda uchratish mumkin.

Murojaatda bayon etilishicha, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro E.S tuman markazida joylashgan savdo majmualarning biridan 2 400 000 so'mga naqd pul evaziga gaz plita xarid qilgan. Oradan hech qancha vaqt o'tmay turib, gaz plita nosoz holga kelib ishlamay qolgan. Iste'molchi bo'lib o'tgan voqeani tushuntirish maqsadida savdo do'koniga borganida do'kon xodimlari eshitishni istamagan.

 Shundan so'ng, fuqaro Dehqonobod tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.Tuman jamiyati xodimlari aralashuvi natijasida muammo o‘rganilib, sabablar bartaraf etilib, 2 400 000 so'mga olingan yaroqsiz gaz plitasini yangi yaroqlisiga almashtirilib berildi.

✅ Shu tarzda oddiy bir iste’molchining hushyorligi tufayli nafaqat uning, balki boshqa xaridorlarning ham huquqlari himoya qilindi.

Hurmatli yurtdoshlar!
Agar siz ham shunga o‘xshash holatga guvoh bo‘lsangiz, 1091 ishonch telefon raqami orqali murojaat yuboring — har bir murojaat e’tiborsiz qolmaydi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening