Выберите язык

Qibray tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro O‘lmasov I. tomonidan 1091 ishonch telefoni orqali dezinfeksiya xizmati yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda qayd etilishicha, iste'molchi Qibray tumani, Solar ko‘chasi, 21-uy manzilidagi xonadonini dezinfeksiya qildirish maqsadida "Dez Group Brend" kompaniyasi bilan shartnoma tuzib, xizmat uchun 3 600 000 so‘m to‘lovni amalga oshirgan.
Iste'molchining ta'kidlashicha, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar dastlab dezinfeksiya ishlari uchun 5 litr maxsus vosita yetarli bo‘lishini bildirgan. Biroq xizmat ko‘rsatish jarayonida 20 litr dezinfeksiya vositasi ishlatilgani ma'lum qilinib, bu holat iste'molchining e'tiroziga sabab bo‘lgan.
Mazkur murojaat Qibray tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganildi. O‘rganish davomida "Dez Group Brend" kompaniyasi mas'ullari bilan telefon orqali bog‘lanilib, amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi hamda masalani ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida kompaniya tomonidan iste'molchiga 1 000 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘i qaytarildi. Shuningdek, iste'molchining xonadonida dezinfeksiya ishlari qo‘shimcha haq undirilmagan holda qayta amalga oshirilishi ma'lum qilindi.
Shu tariqa, murojaat iste'molchi foydasiga ijobiy hal etilib, uning qonuniy huquq va manfaatlari tiklandi.
Iste'molchilarga tavsiya
Har qanday pullik xizmatni qabul qilishdan oldin xizmat hajmi, foydalaniladigan vositalar, narx va boshqa muhim shartlarni aniqlashtirish tavsiya etiladi. Agar xizmat ko‘rsatish jarayonida kelishuv shartlariga rioya etilmasa yoki iste'molchining huquqlari buzilsa, 1091 ishonch telefoni yoki hududiy iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat qilish mumkin.
Iste'molchi huquqi — qonun himoyasida!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening