Выберите язык

Muddatli toʻlov asosida qimmatbaho buyum sotib olib, oradan koʻp oʻtmay buzilib qolsa va servis markazi buyumni qaytarmasa nima qilish kerak? Aynan shunday vaziyatga Toʻrtkoʻl tumanida yashovchi fuqaro Intizor Baltayeva duch keldi.

Isteʼmolchi "B" doʻkonidan 12 576 000 soʻmlik "Ziffler" brendidagi muzlatgichni muddatli toʻlovga sotib oladi. Biroq 3-4 oydan soʻng muzlatgich buziladi va servis markazi tomonidan olib ketilgan buyum "ehtiyot qism yoʻq" degan bahona bilan 4 oy davomida qaytarilmaydi. Fuqaro esa qora roʻyxatga tushmaslik uchun har oyda 1 048 000 soʻmdan toʻlovni kechiktirmasdan toʻlab yurishga majbur boʻladi.

Norozi fuqaro Toʻrtkoʻl tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat etadi. Jamiyatning aralashuvi va qonuniy talablar natijasida, doʻkon va servis markazi oʻz xatosini tan oldi.
Buzilgan muzlatgichning oʻrniga xuddi shunday brenddagi yangi "Ziffler" muzlatgichi fuqaroning uyiga yetkazib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening