Выберите язык

Bugungi kunda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda ular duch kelayotgan muammolarga o‘z vaqtida yechim topish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, uy-joy sotib olish bilan bog‘liq munosabatlarda shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, to‘langan mablag‘larning belgilangan tartibda qaytarilishi iste’molchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimida ana shunday masalalarga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va muammolarni amaliy natija bilan hal etish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali kelib tushayotgan murojaatlar ham iste’molchilar huquqlarini tiklashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Navbatdagi murojaat ham aynan uy-joy xaridi bilan bog‘liq muammo yuzasidan kelib tushdi. Fuqaro A.S. “ECO HOUSE” qurilish kompaniyasi bilan bog‘liq muammo yuzasidan Federatsiyaga murojaat qilgan. Murojaatda bayon etilishicha, fuqaro 2023-yil 26-iyul kuni mazkur kompaniya bilan uy-joy sotib olish maqsadida  shartnoma tuzgan. Biroq shartnoma shartlari bajarilmagani, xonadonlar o‘z vaqtida topshirilmagani sababli iste’molchi to‘lagan mablag‘larini qaytarib olishga qaror qilgan. Shu maqsadda 2026-yil 17-oktabr kuni ariza bilan murojaat qilgan bo‘lsa-da, dastlabki vaqtda to‘langan pullar qaytarilmagani sababli o‘z noroziligini bildirgan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar hududiy birlashmasi Yakkasaroy tuman jamiyati tomonidan o‘rganilib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish va muammoni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli amaliy ishlar olib borildi. Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaro tomonidan uy-joy uchun to‘langan jami 1 milliard 3 million so‘m mablag‘ning 200 million so‘mi 2026-yil 13-noyabr holatiga qaytarib berildi. Qolgan 803 million so‘m mablag‘ni esa 2026-yil dekabr oyiga qadar qaytarish belgilangan. 
Iste’molchi manfaatlarini himoya qilish — Federatsiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishidir. Har bir murojaat ortida insonning huquqi, ishonchi va qonuniy manfaati mujassam. Shu bois Federatsiya tizimida kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish, muammolarga amaliy yechim topish hamda iste’molchilarning buzilgan huquqlarini tiklash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening