Выберите язык

Iste’molchi D.O‘ xonadonida tabiiy gaz bosimi pastligi hamda gaz ta’minoti korxonasiga qilgan murojaatlari natijasiz qolayotganini bildirib, G‘ijduvon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

Murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari gaz ta’minoti korxonasi mas’ullari bilan birgalikda muammoni o‘rgandi. Iste’molchining xonadonidagi gaz hisoblagichi va gaz uzatish liniyasining texnik holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish natijasida ta’mirlash-sozlash ishlari amalga oshirilib, gaz hisoblagichi hamda gaz uzatish liniyasi soz holatga keltirildi. Natijada xonadondagi gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammo bartaraf etilib, iste’molchining murojaati ijobiy hal qilindi.

Har bir murojaat ortida insonning kundalik hayoti va turmush sharoiti bilan bog‘liq masala turadi. Shu bois iste’molchilar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va amaliy yechim topish jamiyat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening