Выберите язык

O‘zbekiston Respublikasi  Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasida soha fidoyilari, davlat xizmatchilari va jamoatchilik faollarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda istiqlol yillarida mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda aholining huquqiy va iste’mol madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar alohida e’tirof etildi.

Xususan, iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borishda Federatsiya tizimi xodimlari bilan bir qatorda davlat xizmatchilari va jamoatchilik faollarining ham munosib hissasi borligi ta’kidlandi.

Iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish, iste’mol madaniyatini oshirish hamda sohani rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan soha fidoyilari, davlat xizmatchilari, jamoatchilik faollari va fuqarolik jamiyati institutlarining faol vakillari "Iste’molchilar huquqi himoyachisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Taqdirlanganlar orasida ko‘p yillar davomida sohada samarali mehnat qilib kelayotgan mutaxassislar, davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda faollik ko‘rsatayotgan jamoatchilik vakillari, huquqiy targ‘ibot hamda iste’mol madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi insonlar bor.

Mazkur ko‘krak nishoni ularning halol va samarali mehnati, kasbiga sadoqati, faol fuqarolik pozitsiyasi, tashabbuskorligi hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasiga bildirilgan yuksak e’tirofdir.

Marosim davomida taqdirlanganlarga ko‘krak nishonlari va ularning guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi. Ularning ko‘p yillik samarali mehnati, davlat va jamoat ishlaridagi faolligi, aholi roziligi hamda inson manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Tadbirda so‘z olganlar Mustaqillik xalqimizning eng ulug‘ va muqaddas qadriyati ekanini, bugungi tinch va farovon hayot, inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi keng imkoniyatlar aynan istiqlol tufayli qaror topganini ta’kidladilar.

Shuningdek, Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! degan ezgu shior soha vakillari, davlat xizmatchilari va jamoatchilik faollarini Vatan taraqqiyoti, xalq farovonligi va inson qadri yo‘lida yanada fidokorona mehnat qilishga undashi qayd etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening