Выберите язык

HECH KIMGA KAFIL BO‘LMAGAN FUQAROGA 11,5 MILLION SO‘MLIK QARZDORLIK QANDAY YUKLATILDI?

Yangi Namangan tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqarodan noodatiy va jiddiy murojaat kelib tushdi.
Murojaatchining bildirishicha, unga Majburiy ijro byurosi tomonidan
11 539 358 so‘m qarzdorlikni undirish yuzasidan xabar kelgan.

Ma’lum bo‘lishicha, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan fuqaro boshqa bir shaxs xarid qilgan mahsulot uchun
kafil sifatida ko‘rsatilgan va qarzdorlikni undirish yuzasidan sudga da’vo kiritilgan.

Biroq fuqaro o‘z murojaatida
ushbu tadbirkorlik subyekti bilan hech qanday shartnoma tuzmaganini, hech kimga kafil bo‘lmaganini va hech qanday hujjatga imzo qo‘ymaganini qat’iy ta’kidlagan.

Bundan tashqari, murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, sud jarayonlari haqida unga oldindan ma’lum qilinmagan va sud majlislariga ham chaqirilmagan. Eng e’tiborlisi, tadbirkorlik subyekti tomonidan ijro hujjatini qaytarish yuzasidan MIBga murojaat qilingan bo‘lsa-da, fuqaro zimmasidagi qarzdorlik masalasi o‘z yechimini topmagan edi.

Mazkur murojaat
Yangi Namangan tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. Olib borilgan amaliy ishlar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik natijasida fuqaro zimmasiga yuklatilgan 11 539 358 so‘mlik qarzdorlik bartaraf etildi.

Natijada fuqaroning huquq va qonuniy manfaatlari tiklanib, murojaati ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening