Выберите язык

ISTE’MOLCHILAR MUAMMOLARI TELEVIDENIYE EFIRIDA MUHOKAMA QILINDI

Namangan viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Namangan tumani jamiyati raisi Eldor Sotvoldiyev hamda Chortoq tumani jamiyati raisi Bahodir Rasulov Namangan teleradiokanalining “Guldasta” dasturida ishtirok etdilar.

Dastur davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, kundalik hayotda uchrayotgan iste’molchi muammolari hamda ularni qonuniy tartibda hal etish masalalari haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, aholining iste’molchilik huquqiy savodxonligini oshirish, xarid va xizmatlardan foydalanish jarayonida o‘z huquqlarini bilish va himoya qila olishining ahamiyati xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Bunday teleko‘rsatuvlar orqali aholiga iste’molchilar huquqlariga oid zarur ma’lumotlarni yetkazish, mavjud muammolarga yechim topish va fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening