Выберите язык

📍 Nurota tumanining “A. Temur” MFY, S. Eshon qishlog‘ida yashovchi fuqaro U.F. tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, yashash hududida elektr energiyasi tez-tez, ayrim hollarda oldindan ogohlantirilmasdan uzib qo‘yilayotganidan noroziligini bildirdi.
🔎 Mazkur murojaat iste’molchi huquqlarini himoya qilish va muammoga amaliy yechim topish maqsadida Nurota tuman Elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida elektr ta’minotidagi uzilishlarning sabablari yuzasidan fuqaroga tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, murojaat bo‘yicha zarur amaliy yordam ko‘rsatilib, fuqaroning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan tegishli choralar ko‘rildi.
🤝 Nurota tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlari doimiy e’tiborda bo‘lib, har bir muammo mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilmoqda.
⚖️ Zero, har bir murojaat ortida insonning qonuniy huquq va manfaatlari turadi. Muammoni o‘z vaqtida o‘rganish esa fuqarolar ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening