Выберите язык

 Navoiy shahrida yashovchi fuqaro F.B. O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat qildi.
🔹 Murojaatda fuqaro Navoiy shahridagi savdo do‘konidan 6 000 000 so‘mga xarid qilgan muzlatgich kafolat muddati davomida nosoz holatga kelib qolganini, biroq unga bepul servis xizmati ko‘rsatish rad etilganini ma’lum qildi.
🔎 Mazkur murojaat Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.
✅ O‘rganishlar natijasida fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, 6 000 000 so‘mlik muzlatgich bepul servis markazida ta’mirlab berildi.
⚖️ Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlari qonunchilik asosida o‘rganilib, ularning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini tiklash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
📞 Iste’molchi huquqlaringiz buzilgan bo‘lsa, 1091 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening