Выберите язык

⚡️ ELEKTR TA’MINOTI BO‘YICHA MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI
“Iste’molchi murojaati — e’tiborda, muammo esa amaliy yechimda!”
Samarqand tumani “Yuqori Qaynama” MFY, Nurli zamin ko‘chasida yashovchi fuqaro R.M O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 — Ishonch telefoniga murojaat qildi.
Fuqaro o‘z murojaatida xonadonidagi elektr energiyasi hisoblagichi bilan bog‘liq muammo yuzaga kelganini ma’lum qilgan. Jumladan, TET xodimlari tomonidan yashash xonadonidagi elektr hisoblagichi kelib ko‘rib berilayotgan bo‘lsa-da, hisoblagichdagi elektr energiyasi balansi ko‘rsatilmayotganini bildirgan. Mazkur masala yuzasidan fuqaro bir necha marotaba murojaat qilgan bo‘lishiga qaramay, muammo o‘z vaqtida bartaraf etilmagani sababli iste’molchi o‘z noroziligini bildirgan.
Murojaat Samarqand tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida iste’molchining murojaatida ko‘rsatilgan holatga aniqlik kiritilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli choralar ko‘rish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaroning elektr ta’minoti va hisoblagich bilan bog‘liq murojaati ijobiy hal etildi. Shu tariqa iste’molchining qonuniy huquq va manfaatlari ta’minlandi.
Bu kabi murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va amaliy yechim topishi — aholining iste’molchi sifatidagi huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📞 Muammoingiz bo‘lsa, murojaat qiling: 1091 — Ishonch telefoni.
Har bir murojaat — e’tiborda, har bir iste’molchi — himoyada!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening