Qarshi tumanida iste’molchi huquqi tiklandi: 6 million so‘mlik nosoz havo sovutgichi yangisiga almashtirildi
Yozning jazirama kunlarida havo sovutgichlari xonadonlarda qulay va salqin muhit yaratishda muhim vositalardan biridir.
Bunday maishiy texnika xarid qilinayotganda uning sifati, sozligi, kafolat muddati hamda iste’molchiga beriladigan xizmat kafolatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Mahsulotda nosozlik aniqlangan taqdirda esa iste’molchi o‘zining qonuniy huquqlaridan foydalanishga haqli.
Murojaatda qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.E tumanda maishiy texnika do‘konidan 6 000 000 so‘mga havo sovutgichini xarid qilgan.
Biroq sovutgich nosoz chiqib, 6 oy davomida ishlamagan. Do‘konga qilgan murojaatlariga qaramay, muammo o‘z vaqtida bartaraf etilmagan.
Bo'lib o'tgan voqealikdan ko'ngli to'lmagan fuqaro do'kon rahbariyatidan norozi bo‘lib, Qarshi tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga amaliy yordam so'rab murojat qilgan.
Tuman jamiyat mutaxassislari masalani qonun doirasida o‘rganib, do‘kon xodimlari va iste'molchiga qonun doirasida tushuntirishlar olib borildi.
Natijada, 6 000 000 so'mga xarid qilingan yaroqsiz konditsioner tuman jamiyati mutaxassislari aralashuvi yangi yaroqlisiga almashtirib berildi.
Mazkur murojaatning ijobiy hal etilishi iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, sotuvchilarning esa xaridor oldidagi qonuniy majburiyatlarini bajarishi muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi.
Iste’molchilarga maishiy texnika xarid qilishda mahsulotning sifati, kafolat muddati va hujjatlarini sinchiklab tekshirish, nosozlik yuzaga kelgan hollarda esa o‘z huquqlarini qonuniy tartibda himoya qilish tavsiya etiladi.
























