Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mehnat munosabatlarida yuzaga kelayotgan muammolarga amaliy yechim topish borasida Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.
Sariosiyo tumani A. Navoiy mahallasida yashovchi fuqarolar Ziyoyev O‘ral va Yodgorov Bozor Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, “Baraka Fayz Invest” MChJda yollanma ishchi sifatida faoliyat yuritganliklari, biroq mehnatlari uchun ish haqi to‘liq berilmaganligi yuzasidan amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur murojaat jamiyatning huquqiy himoya va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha inspektori M. O‘lmasov tomonidan atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida murojaatchilar tomonidan ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan “Baraka Fayz Invest” MChJ rahbari Jasur Muhammadiev bilan tegishli ishlar olib borildi.
O‘rganishlar davomida fuqarolarning mehnat faoliyati va ularga ish haqi to‘lanishi bilan bog‘liq masalalarga oydinlik kiritildi. Natijada “Baraka Fayz Invest” MChJ rahbari tomonidan murojaatchilarning 16 million 600 ming so‘m miqdoridagi ish haqlarini olishlari ta’minlanganligi ma’lum qilindi.
Shu tariqa fuqarolarning murojaatida ko‘tarilgan masala o‘rganilib, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan amaliy choralar ko‘rildi.
Mazkur holat fuqarolarning o‘z huquqlarini bilishi, mehnat munosabatlarida qonuniy manfaatlarini talab qila olishi va muammoli vaziyatlarda vakolatli tashkilotlarga murojaat qilish muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.
Murojaatchilar ish haqqi masalasi o‘rganildi
- Информация о материале
- Автор: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 31
























