🔹 Navoiy viloyatida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Navoiy viloyat tez tibbiy yordam markazi direktori F. Jumayev bilan uchrashuv o‘tkazilib, markazda hamda viloyat va Navoiy shahrida faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarni O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi a’zoligiga qabul qilish masalalari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
🔹 Uchrashuv davomida Federatsiyaning asosiy maqsad va vazifalari, iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Federatsiya a’zoligining ahamiyati, iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokining o‘rni haqida tushuntirishlar berildi.
⚖️ Tadbirda fuqarolarning iste’molchi sifatidagi huquqlarini bilishi, o‘z manfaatlarini qonuniy asosda himoya qila olishi hamda murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish mexanizmlari haqida ham fikr almashildi.
✅ Bunday uchrashuv va targ‘ibot tadbirlari aholi o‘rtasida iste’molchilar huquqlariga oid huquqiy bilimlarni oshirish, Federatsiya faoliyatini keng targ‘ib qilish va a’zolik safini kengaytirishga xizmat qiladi.
FEDERATSIYA A’ZOLIGIGA QABUL QILISH BO‘YICHA TARG‘IBOT ISHLARI OLIB BORILDI
- Информация о материале
- Автор: Navoiy viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 402
























