SHARTNOMA BEKOR QILINIB, ISTE’MOLCHINING MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro Q.S.U. tomonidan 1091 — “Ishonch telefoni” orqali murojaat kelib tushdi.
Murojaatda iste’molchi Pastdarg‘om tumani Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan ishonch do‘konidan maishiy texnika vositalarini xarid qilish maqsadida 31-iyul kuni shartnoma tuzganini bildirgan. Shartnomaga asosan muzlatgich, gaz plitasi, televizor kabi maishiy texnika vositalari uchun jami 17 680 000 so‘mlik xarid rasmiylashtirilgan.
Iste’molchi tomonidan xarid uchun 15 000 000 so‘m miqdorida to‘lov amalga oshirilgan. Biroq shartnomada ko‘rsatilgan mahsulotlar belgilangan muddatda yetkazib berilmagani sababli iste’molchida noqulaylik yuzaga kelgan. Shu munosabat bilan fuqaro shartnomani bekor qilish hamda o‘z huquqlarini tiklashda amaliy yordam so‘rab 1091 — “Ishonch telefoni”ga murojaat qilgan.
Mazkur murojaat Pastdarg‘om tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, iste’molchining talablari ko‘rib chiqildi. O‘rganishlar natijasida iste’molchining talabi asosli deb topilib, tegishli tartibda amaliy choralar ko‘rildi.
Natijada iste’molchi bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinib, fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.
Ushbu holat iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va yuzaga kelgan muammolarga amaliy yechim topish muhim ekanini ko‘rsatadi.
Iste’molchi o‘z huquqini bilsa — huquqi himoyada!
SHARTNOMA BEKOR QILINIB, ISTE’MOLCHINING MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
- Информация о материале
- Автор: Samarqand viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 28
























