NOSOZ TELEFON YANGISIGA ALMASHTIRILDI
Iste’molchi huquqlarining himoya qilinishi — qonun ustuvorligining amaliy ifodasidir.
Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro savdo do‘konlaridan biridan 3 million 100 ming so‘m evaziga mobil telefon xarid qiladi. Biroq xariddan so‘ng telefondan foydalanish jarayonida uning nosozligi aniqlanadi.
Mahsulotdagi kamchilik sababli iste’molchi muammoni hal etish maqsadida tegishli tartibda murojaat qiladi. Natija ijobiy bo‘lmagach, o‘zining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Pastdarg‘om tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat etadi.
Fuqaroning murojaati jamiyat xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganilib, yuzaga kelgan holat bo‘yicha tegishli ishlar olib borildi. O‘rganishlar davomida iste’molchining talabi asosli ekanligi inobatga olinib, masalani qonuniy tartibda hal etish choralari ko‘rildi.
Natijada iste’molchining 3 million 100 ming so‘mlik nosoz mobil telefoni yangisiga almashtirib berildi. Shu tariqa fuqaroning buzilgan iste’molchi huquqi tiklanib, murojaati ijobiy hal etildi.
Mazkur holat iste’molchilarning o‘z huquqlarini bilishi va zarur hollarda ularni himoya qilish uchun vakolatli tashkilotlarga murojaat qilishi muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatadi.
Iste’molchi huquqlari qonun bilan kafolatlangan. Ularni himoya qilish esa barchamizning vazifamizdir.
NOSOZ TELEFON YANGISIGA ALMASHTIRILDI
- Информация о материале
- Автор: Samarqand viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 34
























