Выберите язык

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga Qiziriq tumanida yashovchi fuqaro A.H. tomonidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaat kelib tushgan.

Murojaatda fuqaro Qiziriq tumani “Navro‘z” mahallasi, Zarkamal qishlog‘idagi xonadonida elektr ta’minoti uzilib qolgani yuzasidan amaliy yordam so‘ragan. Mazkur murojaat Qiziriq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli tartibda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari bilan hamkorlikda holat joyida ko‘rib chiqildi. Aniqlanishicha, fuqaroning xonadoniga boruvchi elektr sim shamol ta’sirida uzilgan. Mutaxassislar tomonidan nosozlik bartaraf etilib, elektr sim qayta ulandi. Natijada fuqaroning xonadonida elektr ta’minoti tiklanib, murojaat ijobiy hal etildi.

Qiziriq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholining murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening