Выберите язык

⚡️Shahrisabz shaharda muzlatmagan muzlatgich muammosi ijobiy hal etildi

Kundalik turmushning uzilmas boʼlagiga aylanib ulgurgan, insonlarning qator ogʻirini yengil qiladigan maishiy texnika vositalarini sanab oʻtishimiz mumkin. Tanganing ikkinchi tomoni boʼlganidek, zamonaviy maishiy texnika vositalarida ham kamchilik va nuqsonlar kuzatiladi.

Murojaatda koʻrsatillicha, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shaharda istiqomat qiluvchi fuqaro A.Y shahardagi "Ishonch" savdo doʻkonidan 6 500 000 soʻmga muzlatgich xarid qilgan. Oradan hech qancha vaqt oʻtmay turib, muzlatgich yaroqsiz holatga kelib qolgan. 

Xaridor savdo doʻkoniga borib, muzlatgich yaroqsiz va nosoz ekanligini tushuntirmoqchi boʻlganida, doʻkon xodimlari eshitishni ham istamagan. 

Shahar jamiyati xodimlari aralashuvi bilan isteʼmolchi va sotuvchini yuzma yuz qilib suhbatlashtirildi va  6 500 000 soʻmga xarid qilingan nosoz muzlatgich yangi yaroqlisiga almashtirib berildi.

✅ Mazkur holat iste’molchilar huquqlarining qonuniy asosda himoya qilinayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Fuqarolar shunday jamiyatlarga murojaat qilish orqali o‘z haqlarini himoya qila olishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening