Выберите язык

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro I.K. tomonidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaat kelib tushgan.

Murojaatda fuqaro yashash xonadonida bir haftadan buyon elektr ta’minoti uzilib qolgani, mazkur holat yuzasidan tuman elektr ta’minoti korxonasiga murojaat qilgan bo‘lsa-da, masala hal etilmagani sababli amaliy yordam so‘ragan.

Mazkur murojaat Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan tegishli tartibda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida tuman elektr ta’minoti mas’ullari bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi.

Natijada fuqaroning xonadonida o‘rnatilgan elektr hisoblagich ta’mirlanib, qayta o‘rnatilishi ta’minlandi hamda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi.

Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholining murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening