Выберите язык

Elektr ta’minotiga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi

Joriy yilning 24-avgust kuni Mingbuloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro tomonidan yozma murojaat kelib tushdi.
Murojaatda fuqaroning xonadoniga “Toza hudud” DM Mingbuloq tuman filiali tomonidan amalda xizmat ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, uning elektr ta’minotiga cheklov o‘rnatilgani ma’lum qilingan.
Mazkur murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida xizmat ko‘rsatish holati hamda elektr ta’minotiga qo‘yilgan cheklov sabablari ko‘rib chiqildi.
O‘rganish natijasida fuqaroning elektr ta’minotiga qo‘yilgan cheklov olib tashlandi.
Shu tariqa, murojaat ijobiy hal etilib, iste’molchining qonuniy manfaatlari tiklandi.
Mazkur holat fuqarolarning o‘z huquqlarini bilishi hamda huquq va manfaatlari buzilgan taqdirda tegishli tashkilotlarga o‘z vaqtida murojaat qilishi muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

Murojaat iste’molchi foydasiga hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening