Выберите язык

Nosoz bolalar mashinasi bo‘yicha murojaati 

Namangan viloyatida iste’molchining navbatdagi murojaati ijobiy hal etildi.
Davlatobod tumanida yashovchi fuqaro savdo do‘konlaridan biridan pult orqali boshqariladigan bolalar mashinasini muddatli to‘lov asosida xarid qilgan.
Iste’molchi mahsulotni uyiga olib borib, yo‘riqnomaga muvofiq 
6 soat davomida quvvatlantirgan. Biroq foydalanish jarayonida avtomobil akkumulyatori bor-yo‘g‘i 11 daqiqada quvvatsizlanib, o‘chib qolgan.
Shundan so‘ng fuqaro savdo tashkilotiga murojaat qilib, yuzaga kelgan muammoni bartaraf etishni so‘ragan. Masala o‘z vaqtida hal etilmagach, iste’molchi O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 
1091 ishonch telefoni orqali amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Murojaat yuzasidan Davlatobod tumani jamiyati tomonidan savdo tashkilotiga tegishli tartibda aloqa xati yuborildi.
Natijada, bolalar mashinasining nosoz
akkumulyatori yangisiga almashtirib berildi. Muammo to‘liq bartaraf etilgach, iste’molchi tomonidan e’tiroz bildirilmagan va murojaat ijobiy yakunlangan.
Fuqaro ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.
Iste’molchi sifatida huquqlaringiz buzilsa, 1091 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin..

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening