Iste’molchilar huquqlari himoyasi — amaliy natijalar va jamoatchilik nazorati!
❗Videoni 👉 🟥 Youtube kanalimizda ko‘rishingiz mumkin
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi tomonidan 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqiy savodxonligini oshirish hamda murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishlarida qator ishlar amalga oshirildi.
9 oylik faoliyatning asosiy natijalari:
- 1 634 ta murojaat kelib tushdi, ularning 89,4 foizi ijobiy hal etildi.
- Iste’molchilar manfaatlari uchun 1 milliard 776 million 709 ming 611 so‘m mablag‘ undirilishiga erishildi.
- 259 ta o‘quv seminari va 290 ta davra suhbati o‘tkazildi.
- Radio va televideniye orqali 35 ta axborot materiali efirga uzatildi.
- Federatsiyaning rasmiy saytlari va ijtimoiy tarmoqlarida 766 ta, boshqa ommaviy axborot vositalarida esa 390 ta material e’lon qilindi.
- Fuqarolarga 515 ta bepul huquqiy maslahat berildi.
- Iste’mol tovarlari va xizmatlari sifati hamda xavfsizligi yuzasidan 16 ta jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi.
- Viloyatda Federatsiyaning 94 686 nafar a’zosi va 211 ta tayanch guruhi faoliyat yuritmoqda.
Murojaatlar tahlilida gaz ta’minoti, savdo va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalar yetakchi o‘rin tutdi. Bu yo‘nalishlarda iste’molchilarga huquqiy tushuntirish berish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish muhim.
Videoda hududiy birlashmaning 2026-yil 9 oylik faoliyati, erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar bilan batafsil tanishing.
Iste’molchi huquqlarini himoya qilish — barchamizning umumiy vazifamiz!
























