Выберите язык

🔹 O‘yinchoq — shunchaki ko‘ngilochar buyum emas! U bolaning dunyoqarashi, ijodkorligi va turli ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu sababli o‘yinchoq tanlashda uning chiroyli ko‘rinishidan ko‘ra, xavfsizligi va sifatiga ko‘proq e’tibor qaratish lozim.
🔸 1. Bolaning yoshiga mosligini tekshiring
O‘yinchoq qadoqidagi yosh belgilariga albatta e’tibor bering. Kichik yoshdagi bolalar uchun mayda ajralib ketadigan qismlari bo‘lgan o‘yinchoqlar xavf tug‘dirishi mumkin.
🔸 2. Sifat va xavfsizlikni birinchi o‘ringa qo‘ying
O‘yinchoqda o‘tkir qirralar, sinuvchan yoki tez ajralib ketadigan qismlar bo‘lmasligi kerak. Materiali va bo‘yoqlarining sifati ham muhim.
🔸 3. Mahsulot haqidagi ma’lumotlarni o‘qing
Qadoqda ishlab chiqaruvchi, mahsulotning nomi, foydalanish yoshi, xavfsizlik bo‘yicha ogohlantirishlar va boshqa zarur ma’lumotlar mavjudligiga e’tibor bering.
🔸 4. Hidi va tashqi ko‘rinishini tekshiring
Juda o‘tkir yoki yoqimsiz hid keladigan, bo‘yoqlari ko‘chib turgan yoki sifatsiz ko‘rinadigan o‘yinchoqlarni xarid qilishga shoshilmang.
🔸 5. Ishonchli savdo joylaridan xarid qiling
O‘yinchoqni rasmiy va ishonchli savdo nuqtalaridan xarid qilish ma’qul. Chekni albatta saqlab qo‘ying — u xaridni tasdiqlovchi muhim hujjatdir.
🔸 6. Bolaning qiziqishi va rivojlanishini hisobga oling
O‘yinchoq bolaning yoshiga, qiziqishlariga va rivojlanishiga mos bo‘lsa, undan foydalanish yanada foydali va maroqli bo‘ladi.
⚖️ ESLATMA: Ota-ona sifatida xarid qilayotgan mahsulotingizning sifati va xavfsizligiga e’tibor berish — farzandingiz salomatligi va xavfsizligini ta’minlashning muhim qismidir.
🤝 Aziz ota-onalar! O‘yinchoq tanlashda “chiroyli ekan” degan mezon bilan cheklanmay, “xavfsizmi, sifatlimi va yoshiga mosmi?” degan savollarni ham bering.
📞 Iste’molchilar huquqlari buzilgan holatlarda 1091 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.
Farzandingizga quvonch ulashing, xavfsiz o‘yinchoq tanlang! 🧸💙

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening