Выберите язык

Muborak va Mirishkorda tumanlarida fuqarolarni suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammosi ijobiy hal etildi

O‘z vaqtida yetkazib berilmagan suyultirilgan gaz bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari ko‘magida ijobiy hal etildi.

Suyultirilgan gazdan foydalanish ko‘plab xonadonlar uchun kundalik hayotning ajralmas qismidir. 

Ayniqsa, ovqat tayyorlash va maishiy ehtiyojlar uchun gaz ballonlaridan foydalanadigan oilalar uchun uning o‘z vaqtida yetkazib berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Shu bois gaz ta’minotidagi kechikish va uzilishlar fuqarolarga sezilarli noqulaylik tug‘dirishi tabiiy.

Qashqadaryo viloyatining Muborak va Mirishkor tumanlarida ham suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib berish bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushdi.

Xususan, Muborak tumani Qarliq MFYda yashovchi fuqaro S.B. hamda Mirishkor tumani Mirobod MFYda yashovchi fuqaro N.B. suyultirilgan gaz o‘z vaqtida yetkazib berilmayotganidan norozi bo‘lib, o‘z hududlaridagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat qildilar.

Iste'molchilarning murojaatlari tuman jamiyatlari mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, yuzaga kelgan muammolarning sabablarini aniqlash maqsadida tegishli gaz ta’minoti tashkilotlari bilan amaliy ishlar olib borildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida har ikki fuqaroning suyultirilgan gaz bilan ta’minlanishi tiklandi va murojaatlar ijobiy hal etildi.

Mazkur holat iste’molchi murojaatining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, kommunal xizmatlar, jumladan, suyultirilgan gaz ta’minoti ham belgilangan tartibda, sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi lozim. 

Agar iste’molchi sifatida huquqlaringiz buzilsa yoki xizmat ko‘rsatishda muammoga duch kelsangiz, o‘z huquqlaringizni himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishdan tortinmang.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening