Выберите язык

Mirishkor tumanida salkam 4 000 000  so‘mlik nosoz  qo'l telefoni yangi yaroqlisiga almashtirib berildi 

Zamonaviy smartfon — ish, o‘qish va kundalik muloqotning ajralmas qismiga aylangan. 

Uni xarid qilganda sifat va ishonchlilik birinchi o‘rinda turishi kerak. Biroq ba’zida yangi telefon ham nosoz chiqishi mumkin.

Ma'lumotda aks etishicha, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi fuqaro T.I. tumanda joylashgan savdo do'konlarning biridan 3 900 000 so‘m naqd pul evaziga "VIVO V-60 rusumli"  qo'l telefonini  xarid qilgan. Oradan hech qancha vaqt  o'tmay turib, telefon nosoz holga kelib qolgan. 

Mazkur holatdan norozi bo'lgan fuqaro do'kon xodimlarini oldiga borib vaziyatni tushuntirmoqchi bo'lganida, do'kon ma'sullari fuqaroga bepisandlik qilib tinglashmagan.

Ushbu voqealikdan ko'ngli to'lmagan fuqaro Mirishkor tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.

Tuman jamiyati mutaxassislari masalani  qonun doirasida o‘rganib, savdo do‘koni xodimlariga qonuniy talablar tushuntirildi.

Natijada,  3 900 000 so'mga xarid qilingan nosoz "VIVO V-60" rusumli telefonni  do'kon ma'muriyatiga topshirib, shu turdagi telefonni yangi yaroqlisiga  almashtirib berildi. 

Smartfon xarid qilganda sifat va kafolatga alohida e’tibor bering. Nosozlik yuzaga kelsa, o‘z huquqlaringizni himoya qilishdan to‘xtamang.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening