Выберите язык

Elektroskuterlar bilan bog’liq ko’pgina murojaatlar va ularning ijobiy yechimlari haqida qator maqolalar chop etgan edik. Navbatdagi murojaat Qorako’l tumanida yashovchi fuqaro J.I tomonidan, 10 628 0000 so’mga elektroskuter xarid qilganligi, akkumlyator qurilmasi nosoz holda ekanligi bo’yicha qayd etildi.

Savdo do’kon xodimlariga bir necha marotaba murojaat qilgan iste’molchining da’vosi qanoatlantirilmagan. Huquqlarini to’liq anglagan fuqaro amaliy yordam so’rab Qorako’l tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qoldirdi.

Jamiyat xodimlari murojaatni sifatli va qonuniy o’rganib, iste’molchi murojaatida ko’rsatilgan iddaolar o’z tasdig’ini topdi. Iste’molchiga shu kunning o’zidayoq yangi akkumlyatorlar olib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening