Выберите язык

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish har bir jamiyatda eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Kundalik hayotimizda xarid qilingan mahsulotlar sifatsiz bo‘lib chiqqan holatlarda qayerga murojaat qilish kerakligini bilish har birimiz uchun muhim. Shu borada Beruniy tumanida yana bir ijobiy ish amalga oshirildi.

Beruniy tumanida yashovchi fuqaro M.S. 2026-yil 9-oktyabr kuni telefon aksessuar do‘konidan 700 000 so‘mga kalonka sotib olgan. Fuqaro uni do‘konga qaytarib olib borganda, sotuvchilar pulini qaytarib berishdan bosh tortgan.

Shundan so‘ng fuqaro 2026-yil 14-oktyabr kuni Beruniy tumani jamiyatiga og‘zaki murojaat qildi. Murojaat o‘sha kunning o‘zidayoq joyiga borib o‘rganildi. Jamiyat mutaxassislarining yordami va aralashuvi bilan fuqaroning haqli e’tirozi qanoatlantirilib, uning xarid qilgan 700 000 ming so‘m puli to‘liq qaytarib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening